Pogbaning doping-testi yana musbat natijani ko'rsatdi. Uni 4 yilgacha bo'lgan diskvalifikaciya kutmoqda

Sherzod Nurmatov
6 okt 2023, 17:26
"Yuventus" ham u bilan shartnomani bekor qilish variantini ko'rib chiqmoqda.

Fransiya terma jamoasi bilan JCH-2018 g'olibi bo'lgan futbolchi Pol Pogba 20 avgust kuni "Yuventus"ning "Udineze"ga qarshi o'yinidan so'ng yuqori testosteron miqdori uchun doping-testdan o'tdi va u musbat natijani ko'rsatgan. Bu haqda 11 sentyabr kuni Italiyaning ANSA axborot agentligi xabar bergandi.

Bugun futbolchi qayta doping-test topshirgani va u yana musbat chiqqani aytilmoqda.

Avvalroq "Yuventus" uning o'rniga kimni olib kelmoqchi ekanligi xabar qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The US Sun