Pogba Turinga yetib keldi

Оқил Абдубарноев
8 iyul 2022, 19:27
Fransiyalik yarim himoyachi Pol Pogba Turinning "Yuventus" klubiga qaytishga juda yaqin turibdi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida francuz o'yinchisi o'zining samolyotdagi videosini joylashtirdi. Futbolchi: "Pogba deyarli qaytdi" degan yozuv bilan izoh qoldirdi.

Uning Turinga kelishi haqidagi ma'lumotni italiyalik jurnalist Fabricio Romano tasdiqladi. Pogba va di Mariyaning transferi deyarli bir vaqtda e'lon qilinishi kutilmoqda. Eslatib o'tamiz, argentinalik o'yinchi Turinga kecha yetib kelgandi.

Pogba "Yuventus"ga erkin agent sifatida qaytadi. O'z vaqtida francuz yarim himoyachisi "keksa sinora" tarkibida 4 marta A seriya chempionligini qo'lga kiritgan, shuningdek, 2015 yil Chempionlar ligasi finaliga chiqqan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano