Pogba: "Buffonning fikrlariga qo'shilaman"

Mirjalol Normatov
18 yanv 2019, 12:57
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba jamoadoshi David De Xea haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"David dunyoning eng yaxshi darvozabonlaridan biri. Umuman olganda men uni eng zo'ri deb hisoblayman. U har doim jamoani qutqaradi. Hattoki buni Buffon ham tasdiqlaydi. Uning gaplariga qo'shilmasdan ilojim yo'q", - dedi fransiyalik.

Bu mavsumda golkiper mankunianliklar tarkibida 27 o'yinda qatnashib, 34 gol o'tkazib yubordi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports