Pochettinoning do'stlari unga "Arsenal"da ishlamaslikni tavsiya qilishmoqda

Mirjalol Normatov
1 dek 2019, 10:43
"Tottenxem"ning sobiq ustozi Maurisio Pochettino ayni damda "Arsenal"da Unai Emeri qoldirib ketgan joyga da'vogarlik qilmoqda.

"The Telegraph" xabariga ko'ra, do'stlari argentinalikka "kanonirlar"ning taklifini rad etishini taklif qilmoqda. Ayni damda Pochettinoga "Bavariya", "Manchester Yunayted" va "Real" kabi klublar qiziqish bildirmoqda.

Shuningdek, "Arsenal"da transferlarga ajratiladigan byudjet ham unchalik ko'p emasligi Pochettinoni qo'rqitmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Telegraph