Pochettino: "Tottenxem" g'alabaga munosib edi, ammo shikoyat qiladigan narsa yo'q"

Aslanov Jasurbek
26 apr 2016, 10:15
"Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino "Vest Bromvich"ga qarshi bo'lib o'tgan APLning 35-tur uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

"Birinchi bo'limda omadimiz kelmadi: Ko'p imkoniyatlar yaratdik, ammo bu futbol, shunday ham bo'lib turadi. Raqibga omadli natijaga umidni saqlab qolishga imkon berdik. Ammo baribir mamnunman, chunki jamoa harakat qildi. "Tottenxem" ishonishda davom etishi kerak: 7 ochko farqni yo'q qilish qiyin, ammo kurashish lozim. Shikoyat qiladigan narsa yo'q, ammo o'ylashimcha, "Tottenxem" g'alabaga munosib edi. Kichik bo'lsada imkoniyatimiz bor, biz taslim bo'lmoqchi emasmiz" - deydi Pochettino.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC