Pochettino "Siti" bor guruh haqida: "Barcha o'yinlarda g'alaba qozonmoqchimiz"

Aziz Tukhtamuradov
27 avg 2021, 09:13
PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Chempionlar ligasi qur'asi haqida o'z fikrlarini bildirdi.

Guruh bosqichida parijliklarga "Manchester Siti", "Leyptsig" va "Bryugge" raqiblik qiladi. 

"Birinchi o'rinni qo'lga kiritish muhim. Biz barcha o'yinlarda g'alaba qozonmoqchimiz, biz uchun eng asosiysi shu. 

"Manchester Siti"ga qarshi o'yinlar doimo ahamiyatga ega, bu Yevropaning eng yaxshi jamoasi. Ammo "Leyptsig" va "Bryugge" ham maydonda bor kuchini ko'rsatadi, bizga qiyin bo'ladi", - dedi Pochettino. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: UEFA