Pochettino Lukakuning "Chelsi"ga qaytishi kerakligini aytdi

Оқил Абдубарноев
8 iyul 2023, 00:29
"Chelsi" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino hujumchi Romelu Lukaku 12-13 iyul kunlari jamoaga qaytishi kerakligini aytdi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq belgiyalik futbolchi o'tgan mavsum ijara asosida o'ynagan "Inter"da qolishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

"Romelu 12-13 iyul kunlari qaytib, mavsumoldi tayyorgarlikni boshlashi kerak. Birinchidan, u mening xonamga kelib, salom-alik qilishi kerak. Agar u o'zini hamon "Chelsi" futbolchisi deb hisoblasa, buni amalga oshirishi kerak", dedi Pochettino matbuot anjumanida.

Lukaku o'tgan mavsum A Seriyada 10 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Sky Sports