

"PSJ YCHLni yutishni istagandi, shu sababli turnirdan chiqib ketish bizga yomon ta’sir qildi. Bu klubda ko'plab buyuk insonlar ishlagan, o'ynab ketgan. Biroq barchasiga vaqt kerak. "Tottenxem"da ishlaganimda ham jamoa qurish uchun vaqt kerak bo'lgandi. Avvalo qo'l ostimizdagi barcha narsani bir maromga tushirib olishimiz kerak.
Albatta, turli xil davlat, turli xil klubdagi vazifalar va maqsadlarni solishtirish noo'rin bo'lishi mumkin. Masalan, "Manchester Siti" YCHLni yutish uchun birinchi yil harakat qilayotgani yo'q. "Yuventus" ham. Biroq ular ham buni uddalay olishmayapti. YCHLning talablari yuqori. Biz esa muvaffaqiyatga erishadigan jamoani qurish uchun muhim bir jarayonni boshlab olishimiz kerak", - dedi mutaxassis.



