

"Ayni damdagi maqsadimiz - o'yinimizni kuchaytiradigan yangi futbolchilar bilan shartnoma imzolash. O'z maqsadlarimizga yetishtira oladigan bir necha yuqori saviyali futbolchilarni o'z safimizga qo'shib olishni reja qilganmiz. Kimlar kelishini esa ko'ramiz.
Beylning qaytishi? Bo'lishi mumkin emas", - dedi argentinalik murabbiy.
Beyl 2007-2013 yillar davomida "Tottenxem" sharafini himoya qilgan.



