Plettenberg "Leyptsig" Diomande uchun "Real"dan so'ragan summani oshkor qildi

29 iyul 2026, 10:35
Madridning "Real" klubi Kot-d’Ivuar terma jamoasi hujumchisi Yan Diomandening transferi bo'yicha "RB Leyptsig" bilan muzokaralarda ilgariladi.

Bu haqda jurnalist va insayder Florian Plettenberg X ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi.

Manba ma'lumotiga ko'ra, Germaniya klubi 19 yoshli forvardning narxini bir qator qo'shimcha bonuslarsiz 120 million evro qilib belgiladi. Takidlanishicha, Madrid klubining taklifi 100 million evroni tashkil etgan edi. Tomonlar o'rtasidagi muzokaralar davom etmoqda. Agar favqulodda hech narsa yuz bermasa, tomonlar bugun, 29 iyul kuni bitim tafsilotlarini muhokama qilishadi.

Takidlanishicha, o'yinchining o'zi jamoani o'zgartirishga rozi va madridliklar safida to'p surish niyatida.

Diomande 2025 yildan beri "Leyptsig" sharafini himoya qilib kelmoqda. 2025/2026 yilgi mavsumda u 36 ta o'yinda ishtirok etib, 13 ta gol urdi va o'nta golli uzatmaga mualliflik qildi. 2026 yilgi jahon chempionatida Kot-d’Ivuar terma jamoasi Norvegiyaga mag'lub bo'lib (1:2), 1/16 finalda o'z ishtirokini yakunladi. Hujumchi turnirda to'rtta uchrashuv o'tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi. "Transfermarkt" internet-portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining taxminiy qiymati - 90 million evro. Germaniya klubi bilan amaldagi shartnomasi yana to'rt yilga mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/Plettigoal