Piter Odemvingi: "So'nggi yillarda O'zbekistonda futbol sezilarli darajada rivojlandi"

Aziz Tukhtamuradov
18 mar 2014, 21:20
Stok Siti hujumchisi Piter Odemvingi faoliyatining qolgan qismini qayerda o'tkazishi mumkinligini aytib o'tdi.

"Balki Rossiya, balki O'zbekistonda. Axir u yerda Rivaldo ham to'p tepdi. So'nggi yillarda O'zbekistonda futbol sezilarli darajada rivojlandi. Nima bo'lishini vaqt ko'rsatadi.

Premer-ligadagi faoliyatimdan so'ng ko'ramiz: Rossiya, O'zbekiston yoki Dubay.

35 yoshdan so'ng albatta tezligim pasayadi. Lekin Totti va Maldini kabi 40 yoshgacha ham o'ynay olaman", - deb aytib o'tdi Nigeriya terma jamoasi a'zosi.


Aziz TukhtamuradovMuallif