Pirlo: "Yuventus" - mening Italiyadagi so'nggi jamoam"

Aslanov Jasurbek
6 iyun 2015, 09:44
"Yuventus" yarim himoyachisi Andrea Pirlo "keksa sinora"ni o'zining Italiyadagi oxirigi jamoasi ekanligini ta'kidladi.

"Yuventus" - mening Italiyadagi so'nggi jamoam. Chempionlar ligasida g'alaba qozonsak ham chet mamlakatga ketishim mumkin. MLS - yaxshi variant, ammo hozircha bu haqda o'ylaganim yo'q. Hayolim "Yuventus"da.

Berlindagi o'yin faoliyatimdagi eng so'nggisi bo'lmaydi. Har kuni shug'ullanish niyati tark etmaguncha futbolni tark etmayman" - deydi Pirlo.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com