Pirlo: “Umid qilamanki, Messi uchun ertangi kun eng yaxshisi bo'lmaydi”

Eldor Akmurzayev
27 okt 2020, 19:20
YCHL 2-turi doirasida 28 oktyabr kuni o'tadigan “Yuventus” – “Barselona” uchrashuvi oldidan mezbonlar ustozi Andrea Pirlo o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

“Barselona” juda kuchli, ularning tarkibida haqiqiy chempionlar bor, biz ajoyib o'yin namoyish qilishimiz kerak. Futbolchilar o'zlarini qurbon qilishi va yaxshi o'yin o'tkazishi lozim. To'rt himoyachi bilan harakat qilamiz, chunki hozir menda ular to'rt nafar.

Jamoamiz rivojlanish bosqichida, ammo ochkolarni yo'qotish ham kerak emas. Bizga grand klublar va buyuk futbolchilarga qarshi kurashish nasib qilgan.

Messi esa hali hamon yuqori cho'qqida, u bilan ko'p marta futbolchilik faoliyatimda to'qnash kelganman, ertaga esa murabbiy sifatida ilk bor uchrashaman. Umid qilamanki, u uchun eng yaxshi kun bo'lmaydi”, deydi Pirlo.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Football Italia