Pirlo "Roma"ga qarshi o'yin uchun tatilni erta tugatdi

Narzulla Saydullayev
27 dek 2013, 22:54
"Yuventus" yarim himoyachisi Andrea Pirlo "Roma"ga qarshi kechadigan o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rish uchun yangi yil tatilini erta yakunladi.
Pirlo "Udineze" bilan o'yinda olgan jarohati tufayli dekabr oyi boshidan buyon maydonga tushgani yo'q. Bugun Pirlo mashg'ulotlarga kirishdi, qolgan jamoadoshlari esa yana ikki kundan so'ng tatildan qaytishadi.

"Yuventus" - "Roma" uchrashuvi 5 yanvar kuni bo'lib o'tadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru