"Barselona" futbolchisi Jerar Pike "Yuventus"ga qarshi bo'lib o'tadigan YCHL finali borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Imkoniyatlar 50 ga 50. O'zimizni favorit his qilmayapmiz. "Yuventus" - ajoyib jamoa. Ularda katta tarix va kuchli futbolchilar bor. Ularni hurmat qilamiz. Ular Italiya jamoasi bo'lsalar ham himoyaviy futbol namoyish etmaydilar", - deydi futbolchi.