Pike: “Biz o'yinni nazorat qildik, biroq...”

2 mar 2020, 08:19
“Barselona” himoyachisi “Real” birinchi bo'limda o'ta kuchsiz o'ynaganligini aytdi.

“Bunday o'yindan so'ng og'ir bo'ladi. Birinchi bo'limda men ko'rgan jamoa “Santyago Bernabeu”dagi eng kuchsiz “Real” edi. Ammo keyin biz nazoratni yo'qotdik. Birinchi bo'limda o'yin taqdirini hal etishimiz mumkin edi. Ularni tanqid qilishni xohlamayman, biroq bizda o'yin ustidan butkul nazorat bo'ldi. Mabodo bir nechta vaziyatdan unumli foydalana olganimizda hammasi boshqacha bo'lardi”, - deydi Pike.

O'xshash yangiliklar


Manba: As.com