"Persepolis" o'z maydonida "Sepaxon"ga yutqazdi. Oston O'runov 25-daqiqada almashtirildi

Iskandarov Abdulaziz
19 apr 2025, 08:00
Eron Pro ligasi 27-tur doirasidagi "Persepolis" - "Sepaxon" o'yini bo'lib o'tdi.

Mezbonlarning o'zbekistonlik yarim himoyachisi Oston O'runov o'yinni asosiy tarkibda boshladi va 25-daqiqada o'rnini Farshad Ahmadzodaga bo'shatib berdi. Bu turdan so'ng "Persepolis" 51 ochko bilan uchinchi, "Sepaxon" 56 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda. Turnir jadvalida birinchi o'rinni egallab turgan "Traktor" hisobida 58 ochko bor.

Ma'lumot uchun, "Persepolis" navbatdagi uchrashuvni 30 aprel kuni mehmonda "Mes Rafsanjan"ga qarshi o'tkazadi. 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia