Peres Ronalduning o'zini tutishidan charchadi va Zidan yordamida Krishtianuning joyini ko'rsatib qo'ymoqchi

Aslanov Jasurbek
16 yanv 2016, 10:19
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu va klub prezidenti Florentino Peres o'rtasidagi munosabatlar ancha chigallashgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, Peres Portugaliya terma jamoasi futbolchisining o'zini tutishidan norozi.

Krishtianu jamoadan haydalgan Karlo Anchelottini qo'llab-quvvatlaganidan so'ng ular orasidagi munosabat yomonlashgan. Keyinroq Ronaldu bir necha bora "Qirollik klubi"ni tark etishi mumkinligi haqida aytgan. Bundan tashqari, portugaliyalik "Qirollik klubi" sobiq murabbiyi Rafael Benites bilan chiqishib keta olmagan. Buning ustiga, Peresga Ronalduning Marokashda Badr Xari bilan ko'rishib turishi ham yoqmadi. Klub prezidenti Zinedin Zidan yordamida Krishtianu Ronalduga o'z joyini ko'rsatib qo'ymoqchi. Peres Zidandan Ronalduga to'g'ri yo'lni ko'rsatishini istaydi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Confidencial