Peres: "Benzema "Oltin to'p"ni olishi kerak. Joriy mavsumda undan yaxshisi bo'lmadi"

Alisher
17 iyul 2020, 15:17
"Real" prezidenti Florentino Peres Madrid klubi forvardi Karim Benzemani "Oltin to'p"ga loyiq deb hisoblaydi.

"U "Oltin to'p"ni olishi kerak. Joriy mavsum undan yaxshi o'ynagan futbolchi yo'q.

"Real"ning barcha o'yinchilari yaxshi harakat qilishdi, ammo Karim boshqacha. Hamma yaxshi o'ynagani haqiqat. Serxio Ramos "Real" uchun sardordan muhimroq o'yinchidir, Kurtua ham ajoyib va murabbiy bu jamoaning arxitektoridir", - deydi Peres.

Benzema "Real"ning chempionlik o'yinida dublga erishdi. Forvard bu gollar evaziga top-5 ligalar tarixida eng ko'p gol urgan fransiyalik futbolchilar orasida 4-o'ringa ko'tarildi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: eurosport.fr