Peres Azar bilan emas, Eriksen bilan shartnoma imzolamoqchi bo'lgan

Alisher
18 yanv 2020, 18:30
Florentino o'z jamoasida daniyalik o'yinchini ko'rmoqchi edi.

"Real" prezidenti Florentino Peres "qaymoqranglilar" tarkibini Kristian Eriksen bilan kuchaytirmoqchi edi.

Bitim o'tgan yozda amalga oshirilishi ko'zda tutilgandi, yakunda jamoaga "Chelsi" sobiq o'yinchisi Eden Azar o'tgan edi.

Xabar qilinishicha, Peres Eriksen uchun 90 million evro taklif qilgan. Ammo, bu narx "Tottenxem"ni qoniqtirmagan.

Hozir esa Eriksen uchun Milanning "Inter" klubi bosh da'vogar bo'lib turibdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: gazzetta.it