Pep Gvardiola: "Eng yaxshi hujumchimiz va uch himoyachi safdan chiqqan"

Mirjalol Normatov
11 apr 2025, 20:59
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoadagi holat haqida gapirdi.

"Albatta, hozirgi holatimizni hisobga olsak, APLning to'rt jamoasidan biri bo'lish yaxshiroq edi. Tarkib uchun asosiy 7-8 nafar da'vogarlar bor. Barchasi so'nggi soniyalarda hal bo'lmoqda.

Mavsum davomida biror marta ham to'liq tarkib bilan bo'lmadik. Uch markaziy himoyachimiz safdan chiqqan, dunyoning eng zo'r hujumchisi mavsumning so'nggi o'yinlarigacha maydondan tashqarida bo'ladi.

Bu butun mavsum davomida shunday. Biz barchasiga moslashyapmiz. Buni falokat desa bo'ladi, biroq holat bundan-da yomonroq bo'lishi mumkin edi", - dedi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: CityXtra