

"Ikki mag'lubiyatdan so'ng g'alaba qozonish muhim edi va biz bu topshiriqni bajardik. Agar jamoa bir mavsumda 100 ochko jamg'arib, kelasi mavsumning birinchi davra o'yinlaridan keyin hisobida 45 ochko bo'lsa, bu holda jamonaning ishlarini yomon bo'lmaydi. Biz yaxshi odimlamoqdamiz. Ammo, bizning asosiy raqibimiz ayni vaqtda Yevropaning kuchli kluboaridan biri hisoblanadi.
APL yetakchisi "Liverpul"ga qarshi bahs shunchaki 3 ochko uchun bo'lmaydi. Ushbu uchrashuvgacha Gyundogan tayyor bo'ladi. De Bryuynening maydonga tushish, tushmasligi payshanba kuni ma'lum bo'ladi", - dedi Gvardiola.



