Pellegrinining fikricha, "Real" muxlislari uning iste'fosini istashmagan

Aslanov Jasurbek
23 apr 2016, 14:26
"Real" sobiq bosh murabbiyi, hozirda "Manchester Siti"ni boshqarayotgan Manuel Pellegrinining fikricha, "qaymoqranglilar" ishqibozlari uning iste'fosini istashmagan.

Chililik mutaxassis 2009/10 mavsumda ispan grandini boshqargan, ammo keyinroq salbiy natijalar uchun iste'foga chiqarilgan.

"Hech qachon "Real" muxlislari menga qarshi bo'lganidek taassurot uyg'onmagan. Doimo ishqibozlarning qo'llashini his qilganman. "Real" Chempionlar ligasida "Lion"ga mag'lub bo'lganidan so'ng, muxlislar o'rtasida so'rov o'tkazildi. Natijalarga ko'ra, ishqibozlarning 75% meni qo'llab-quvvatlagan. O'sha jamoa yaxshi o'ynardi, ammo sharoitlar biz uchun optimal bo'lmaganini odamlar yaxshi biladi. "Real"dan g'azabda emasman. Aksincha, ulardan minnatdorman" - deydi Pellegrini.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca.