Pellegrini "Roma" bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar o'tkazmoqda

Alisher
24 iyul 2021, 12:37
"Roma" yarim himoyachisi Lorenco Pellegrini klub bilan yangi shartnoma borasidagi muzokaralarni boshladi.

O'yinchining agenti "Roma" bosh direktori Tyagu Pintu bilan uchrashdi. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Shartnomasi tugashiga bir yil qolgan o'yinchining tovon puli 30 mln evro va uni "Tottenxem" klubi kuzatmoqda.

Eslatib o'tamiz, "Roma" A Seriyaning yangi mavsumidagi ilk o'yinini "Fiorentina"ga qarshi boshlaydi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sport Italia