Pedro: "Kievda qiyin bo'ladi"

Aslanov Jasurbek
8 mar 2019, 13:50
"Chelsi" hujumchisi Pedro Rodriges Kievning "Dinamo" klubiga qarshi bo'lib o'tgan Yevropa ligasi 1/8 final ilk uchrashuvi (3:0) haqida fikr bildirdi.

"Jamoaviy harakatlarimizdan ko'nglim to'ldi, g'alaba biz uchun juda muhim edi. Gol ura olganimdan xursand bo'ldim, ammo asosiysi natija. Kievda 90 daqiqa o'tkazishimiz kerak. Qiyin bo'ladi. Bahs hali yakunlangani yo'q. Ammo bu kecha biz uchun yaxshi yakunlandi" - deydi Pedro.

"Dinamo" hamda "Chelsi" o'rtasidagi Yevropa ligasi 1/8 final javob uchrashuvi 14 mart kuni Kievda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA