"Paxtakor"ning yangi stadionida yugurish yo'lakchasi bo'lmaydi

Narzulla Saydullayev
7 may 2017, 15:08
Birinchi davra yakunlariga qadar "Paxtakor" Markaziy stadioini yopilishi haqida axborot bergan edik.

Olgan ma'lumotlarimizga ko'ra stadiondagi o'zgarishlar biroz cho'ziladigan ko'rinadi. Yangi rahbariyat stadionni FIFA talablari asosida, Osiyoning eng zo'r stadioni bo'lishi borasida yevropalik arxitektorlar bilan hamkorlikda ish olib borayapti.

Ma'lumotga ko'ra, stadionning yugurish yo'lakchalari bo'lmaydi. Huddi shunday uslub "Nasaf" stadionida ham qo'llanildi va Qarshidagi stadionni ham qazish yo'li orqali qo'shimcha tribunalar o'rnatildi.

"Paxtakor" Markaziy stadionida qanday uslubdan foydalanish hozircha noma'lum.

Shuningdek, klub "Chilozor"dagi akademiya bazasini ham mukammal holatga keltirish borasida ish boshlagan. Shuningdek, Qibraydagi baza ham zamon talablari asosida yangitdan rekonstrukciya qilinadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia