"Paxtakor"ning "Al Garafa" maydonidagi g'alabasiz seriyasi davom etadi

Iskandarov Abdulaziz
5 fev 2025
Toshkentning "Paxtakor" jamoasi kecha Elit OCHL doirasida "Al Garafa" mehmoni bo'ldi.


Mazkur uchrashuvda mezbonlar yagona gol evaziga g'alabani tantana qildi. "Sherlar"ning esa "Al Garafa" maydonidagi g'alabasiz yurishi davom etdi. Jamoa shu kungacha raqibi maydoniga 4 bor safar qilgan, ularning 3 tasida mag'lubiyat, 1tasida durang qayd etilgandi. Beshinchi o'yinda "Paxtakor"ning ishi besh bo'lmadi.

10.10.2002.  "Al Garafa"  -  "Paxtakor" 4:3 

19.03.2008. "Al Garafa"  -  "Paxtakor" 2:2 

11.05.2010. "Al Garafa"  -  "Paxtakor" 1:0

20.01.2018. "Al Garafa"  -  "Paxtakor" 2-1 

04.02.2025. "Al Garafa"  -  "Paxtakor" 1:0


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia