"Paxtakor": Yoshlar ligasida "Metallurg"dan ustun keldik (to'liq sharh)

24 sen 2015, 23:21
Yoshlar ligasining 23-turida "Paxtakor" "Metallurg"dan 2:0 hisobida ustun keldi.


Uchrashuvda xavfli vaziyatlar u qadar ko'p yuzaga keltirilmadi. Birinchi bo'limda Sidiqov o'ng qanotdan jarima maydoniga oshirilgan to'pni boshi bilan darvozaga yo'lladi. 78-daqiqada esa Tolipov o'ng qanotdan darvozaning uzoq burchagini aniq nishonga oldi - 2:0.

Ushbu g'alabadan keyin yoshlarimiz 50 ochko to'plab, peshqadamlik qilishda davom etishmoqda.

"Paxtakor" - "Metallurg" - 2:0 (1:0)

24 sentyabr. Qibray. 55 tomoshabin.

Hakam: Naim Qosimov (Qarshi).

Gollar: Sidiqov, 35 - 1:0. Tolipov, 78 - 2:0.

"Paxtakor": Ribkin (Tursunboev, 46), Otaxonov, Sharobiddinov, Abdullaev, Xolmuhammedov (Olimov, 88), Mirzaev (Doniyor Hoshimov, 87), Sidiqov (Yusupov, 80), I.Karimov (Pardaev, 46), Isroilov, Rogovanov (Ortiqov, 85), Xursanov (Tolipov, 66).

"Metallurg": To'ychiev, Esonov, Akbaraliev, Mirsaidov, Nuraliev (Toshqo'ziev, 74), D.Karimov (Ermatov, 67), Xudoyorov, Akbarov (O.Karimov, 59), Sultonov, Rahimov (Boboev, 46), Toshpo'latov.

Ogohlantirishlar: Isroilov, 74. Toshpo'latov, 74. Sharobidinov, 76. Yusupov, 90+1.

O'xshash yangiliklar


Manba: pakhtakor.uz