

Xabaringiz bor, OCHLda ishtirok etayotgan jamoalarimizning uchrashuvlaridan so'ng sobiq futbolchi, murabbiylarning mulohazalarini e'tiboringizga berib bormoqdamiz. To'rtinchi turga kelib "Paxtakor" va "Nasaf" o'rin olgan guruhlarda ancha chigal vaziyat yuzaga keldi. "Sherlar" "Al Duhail"ga mag'lub bo'lib imkoniyatlarini pasaytirib yuborgan bo'lsa, "Nasaf" "Al Faysali" bilan durang o'ynab biroz bo'lsada umid uchqunlarini saqlab qolishga erishdi. Demak, mutaxassis rukunining galdagi mehmoni Akmal Shorahmedov ikkinchi tur bo'yicha fikrlarini bildirdi.
- "Paxtakor" ham, "Nasaf" ham yomon o'yin o'tkazmadi. Yaxshi tayyorgarlik ko'rishgani ma'lum. Bu yerda gap raqiblarda. Birinchi jamoamiz "Al Duhail", ikkinchisi "Al Faysali" bilan o'ynadi. Ularning safida esa indvidual kuchli futbolchilar o'yin taqdiriga ta’sir o'tkazyapti. Hujumlarni yakunlashda bizning futbolchilarning ularniki kabi emas. Daraja baribir bilinadi. Umuman olganda o'yin jihatdan kerak bo'lsa ustun ham ko'rinishyapti. Ular Superligada emas, OCHLda o'ynashmoqda.

- Jamoalarimiz kimlar bilan o'ynayotganiga ham bog'liq. Agarda O'zbekiston chempionatida bo'lganida shu futbolchilarga umuman boshqacha fikrlar yog'ilardi. Bizning himoyachilarga qarshi o'ynayotgan hujumchilarning saviyasi bir necha bosh baland. Oddiy misol Edmilson. Kimnidir yomon otliqqa chiqarish noto'g'ri, deb o'ylayman. Agar kuchsiz jamoalar bilan o'ynab yutsa maqtashga tushishadi.
- "Paxtakor"da tarkib o'zgardi. Jamoa kuchsizlandi. Doston Hamdamov, Egor Krimec, Anzur Ismoilov, Jaloliddin Masharipov kabi nomlar hozir klubda qolmagan. Bu haqiqatdan katta yo'qotish. OCHLda o'ynayotgan klublarning barchasining byudjeti katta. Futbolchi o'zimizda liderlik qilgani xalqaro maydonda ham shunday bo'lishini anglatmaydi. Yigitlar tajriba to'plashmoqda.

- Hozirgi paytda har uch kunda o'yin. Asosiy e'tiborni. tiklanishga qaratish kerak. Arab jamoalari bunday sharoitda tezda tiklanadi. Ulardagi texnikalar, farmacevtik mahsulotlar boshqacha. Shu bois oxirgi o'yinlar juda qiyin bo'ladi



