"Paxtakor": U-9 jamoamizda Sochida g'alabalar

Narzulla Saydullayev
5 apr 2018, 09:40
Sarvar Otaboev boshchiligidagi "Paxtakor" U-9 jamoasi Sochida o'tkazilayotgan Valentin Bubukin xotira turnirida ikki uchrashuvda g'alaba qozonishdi.

1-turda "Paxtakor" "Dagomis"ni 4:1 hisobida mag'lubiyatga uchratishdi. Jamshid Orziqulov ikki gol urgan bo'lsa, Bekzod Qobulniyozov va Bilol Qurbonov hisobiga bittadan to'p yozildi. 2-turda esa "Viborjanin" jamoasi tarbiyalanuvchilari 3:0 hisobida dog'da qoldirildi.

Bugun  "Paxtakor" bir kun dam oladi. So'ng 6 aprel kuni "Jemchujina-1", 7 aprelda esa "Nart"ga qarshi uchrashuvlar bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz