"Paxtakor": Tarbiyalanuvchilarimiz Yoshkar Oladagi turnirda g'olib bo'lishdi

Narzulla Saydullayev
10 noya 2016, 11:12
1-6 noyabr kunlari Rossiyaning Yoshkar-Ola shahrida xalqaro turnir bo'lib o'tdi.
Mariy El Respublikasi tashkil topgan kunga bag'ishlab o'tkazilgan musobaqada 2001 yilda tavallud topgan futbolchilardan iborat 10 jamoa qatnashdi. Jamoamiz sharafini Stanislav Kudryashov boshchiligidagi "Paxtakor" va Sergey Tokov ustozlik qilayotgan 16-BO'SM tarbiyalanuvchilari himoya qilishdi. Guruhda jamoalarimiz ishtirokida quyidagi natijalar kuzatildi.

"A" guruhi

"Paxtakor" - "Ufa" - 5:1

"Paxtakor" - "Krilya Sovetov" - 4:0

"Paxtakor" - "Spartak" Yoshkar Ola - 5:1

"Paxtakor" - "Nefteximik" Nijekamsk - 6:0

"V" guruhi

16-BO'SM - "Zenit" Ijevsk - 1:3

16-BO'SM - "Volga" Novgorod - 3:2

16-BO'SM - BO'SM Cheboksar - 3:0

16-BO'SM - "Astana" - 2:1

3-o'rin uchun bahsda 16-BO'SM jamoasi "Ufa"dan 2:1 hisobida ustun keldi. Finalda esa "Paxtakor" Ijevskning "Zenit" tarbiyalanuvchilarini 5:1 hisobida dog'da qoldirdi. Shu tariqa musobaqada har ikki jamoamiz sovrindor pog'onalarni egallashdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz