

Ushbu sahifada o'yinning tafsilotlarini kuzatib borish mumkin bo'ldi.
O'yinning 21-daqiqasida Ismoil Gonsalvesh raqib jarima maydoni ichida yiqilib tushdi, hakamlar bu vaziyatda penalti yo'q deb hisoblashdi.
23-daqiqada stadionning ikkita projektori o'chib qoldi va o'yin to'xtab qoldi. Taxminan 7-8 daqiqadan so'ng kamchilik bartaraf etildi va bahs davom ettirildi.
33-daqiqada mehmonlar hisobni ochishlari mumkin edi. Dilmurod Karimovning jarimadan yo'llagan zarbasi darvoza to'siniga tegib maydonni tark etdi. Birinchi taymga 9 daqiqa qo'shib berildi.
45+2-daqiqada burchak to'pidan so'ng Griffits boshi bilan darvozaga zarba berdi, Azamat Isroilov darvoza chizig'i ustidan to'pni qaytarib yubordi. Birinchi taymda hisob ochilmadi.
49-daqiqada burchak to'pidan keyin Bezerra boshi bilan zarba berdi, darvoza oldida turgan Sherzod A'zamov hisobni ochdi - 1:0.
82-daqiqada Masharipov penalti ishladi va uni Ismoil Gonsalvesh aniq amalga oshirdi - 2:0.
Uchrashuvda 2:0 hisobi qayd etildi.
“Paxtakor” (Toshkent) – “So'g'diyona” (Jizzax) 2:0
Hakamlar: T.To'xtasinov (Andijon), A.Marajabov (Andijon), Z.Abdurahmonov (Andijon), A.Najafaliev (Toshkent).
Nazoratchi: F.Abdullaev (Toshkent).
Gollar: Sherzod A'zamov 49, - 1:0 (Tiago Bezerra). Ismoil Gonsalvesh 82 penalti, - 2:0 (Jaloliddin Masharipov).
“Paxtakor”: Eldorbek Suyunov, Akmal Shorahmedov, Sherzod A'zamov, Marko Simich, Farruh Sayfiev, Rostin Griffits, Tiago Bezerra (Jasurbek Yaxshiboev, 86), Jaloliddin Masharipov (Doston Ibrohimov, 90), Bahrom Abdurahimov, Jamshid Iskanderov (Dilshod Rahmatullaev, 46), Ismoil Gonsalvesh
Zaxira: Aleksandr Lobanov, Azimjon Ahmedov, Jasurbek Hakimov, Kamoliddin Tojiev, Stanislav Andreev, Vladimir Kozak
"So'g'diyona": 23.Dilshod Xamroev, 26.Akmal Xolmurodov (s), 4.Elyor Orifov, 33.Toxir Shamsitdinov (2.Sardor Qulmatov, 58), 6.Dilmurod Karimov, 31.Jahongir Abdumo'minov, 19.Alisher Ziyavuddinov, 8.Doniyor Hasanov (20.Iqbol Malikjonov, 66), 9.Sardor Azimov, 3.Azamat Isroilov (77.Izzatilla Abdullaev, 81), 10.Shohruz Norxonov.
Zaxira: 1.Shirinboy Abdullaev, 5.Farhod Mirahmatov, 15.Shohruh Xolmatov, 7.Doniyor Odilov, 85.Ruslan Melziddinov
Ogohlantirishlar: Marko Simich 43, Doniyor Hasanov 58, Rostin Griffits 78,





