"Paxtakor" Pedru Moreyra qisqa tatilga chiqqanini e'lon qildi. Jamoani vaqtincha Kamoliddin Tojiev boshqaradi

Sherzod Nurmatov
6 may 2025, 13:42
Pedru Moreyra sog'lig'i sababli qisqa tatilga chiqdi.

"Paxtakor" bosh murabbiyi sog'lig'i tufayli qisqa muddatli tatilga chiqdi. Shu sababli Superliganing navbatdagi turlarida "Paxtakor" bosh murabbiyi vazifasini vaqtinchalik Kamoliddin Tojiev bajarib turadi", – deyiladi "sherlar" xabarida.

Avvalroq portugaliyalik mutaxassis "Paxtakor"ni tark etgani haqida xabar bergan edik.

Ma'lumot o'rnida, "Paxtakor" hozir Superligada 9 ochko bilan 11-o'rinda bormoqda. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Пахтакор" матбуот хизмати