"Paxtakor" - o'yindagi bir kun VIDEO

Narzulla Saydullayev
15 mar 2018, 12:55
Bazi saytlar kuni kecha "Paxtakor" klubining Oliy o'quv yurtlariga nomlangan rasmiy xatining fotokopiyasini chop etishdi va klub talabalarni har doimgi kabi yana eski ananaga sodiq qolgan holda talabalarni stadion to'ldirishga majburlamoqda degan mavzu bilan chiqdi.

Qiziq, bunday ayblov bilan chiqishdan oldin jurnalistlarning biron biri o'quv yurt rahbari yoxud talabalarning o'zi bilan bog'langanmikin?

Bizning savolimizga klub matbuot xizmati vakillari shunday tushuntirish berishdi: “Hech qanday majburlashga o'rin bo'lmagan, biz shunchaki poytaxtimizda futbolga bo'lgan qiziqishni qayta uyg'otish maqsadida oliy o'quv yurtlariga bepul chiptalar berayotganimiz haqida xabar berganmiz va qo'shimcha o'tkazilayotgan ijtimoiy akciyalar haqida ham ma'lum qilganmiz".

Klub o'zining yangi siyosatida eski “metodlardan” foydalanmaslik va yangicha targ'ibot, marketing yo'li bilan sekin-asta muxlislarni tribunalarga qaytarish maqsadida ekanligini aytib o'tdi.
 

Bordiyu “Bunyodkor” va “Paxtakor” klublari o'trasidagi so'nggi derbini stadiondan turib tomosha qilgan bo'lsangiz gap nima haqida ketayotganini tushunushingiz aniq. Yangi mavsum bilan Toshkentga haqiqiy, ko'p yillardan beri kuzatilmagan futbol qaytayotganday... Biz esa o'z navbatimizda hech qanday marketing va akciyalarsiz stadionga faqatgina futbol ko'rish uchun boradigan klublarning sodiq muxlislariga alohida rahmat aytamiz. Chunki, futbol muxlislar uchun. Bu mavzudagi yagona haqiqat aynan shunday bo'lishi lozim.

Matlyuba Mustaeva. 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia