

Championat.Asia saytining hakamlik bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev (Alyo, ref! Telegram kanalini muallifi) Superliganing 15-tur uchrashuvlaridagi bahsli vaziyatlarni tahlil qildi.
❌ Andijon - Surxon
Qo'l bilan gol urishga urinish sportga xos bo'lmagan xatti-harakat hisoblanadi. Hakamni chalg'itishga uringani va o'yinga nisbatan hurmatsizlik qilgani uchun Andijon futbolchisiga sariq kartochka ko'rsatishi lozim edi. Hakam o'yinchini ogohlantirmay, xatoga yo'l qo'ydi.
✅ Andijon - Surxon
Surxon futbolchisiga qizil kartochka to'g'ri holatda ko'rsatildi: u butsasining tag qismi bilan raqib oyog'ining son qismiga zarba berdi, bu yerda bosib ezg'ilashga urinish holati mavjud. Andijon o'yinchisida shikastlanish xavfi yuqori. Jiddiy qoidabuzarlik uchun chetlatishga loyiq vaziyat sodir etilgan.
❌ Andijon - Surxon
Surxon futbolchisi xavfli tarzda oyog'ini oldinga cho'zib, butsasining tag qismi bilan tavakkal qilgan holatda to'p uchun kurashga kirishdi. Takroriy vaziyatdan himoyachining to'pga o'ynagan-o'ynamaganini aniqlash qiyin. Ammo to'pning qaerga va qaysi yo'nalish bo'ylab harakatlanganiga qarab, to'pga birinchi bo'lib Andijon futbolchisi tekkan, degan xulosaga kelishimiz mumkin. Demak, penalti belgilanishi hamda qo'pollik ishlatgani uchun Surxon himoyachisiga sariq kartochka ko'rsatilishi kerak edi. Agar VARda faqatgina ushbu takroriy vaziyatni ko'rish imkoni bo'lsa, unga aralashish qiyin, chunki hakamning xatosiga to'laqonli dalil mavjud emas.
Metallurg - Navbahor
Afsuski, takroriy vaziyatning sifati ushbu epizodni baholashga imkon bermaydi.
✅ Metallurg - Navbahor
Navbahor darvozaboni tomonidan hech qanday o'ylaymay qilingan harakat mavjud emas: bu odatiy harakat tarzi, u to'pga o'ynashga harakat qildi va qo'lini cho'zdi. Ushbu epizodda gol urilganini inobatga olsak, darvozabonga nisbatan qo'shimcha jazo choralari qo'llanilmasligi kerak.
❌ Turon - Nasaf
Nasaf himoyachisining qo'li pastda, tabiiy holatda va tana maydonini oshirmagani uchun hamkasblarim bilan buni qoidabuzarlik emas, deya baholadik. O'yin davom ettirilishi kerak edi.
❌ Turon - Nasaf
Takroriy vaziyatga nazar solsak, futbolchilar bir chiziqda turishganiga guvoh bo'lish mumkin. Bunday vaziyatlarda hujum qilayotgan tomon foydasiga qaror chiqarish tavsiya etiladi. VAR chizig'isiz yon hakamning bayroqchasini to'g'ri ko'targan-ko'tarmaganini aniq aytish qiyin. Agar qanot hakami yaxshi poziciyada turgan bo'lsa, unda uning har qanday qarori, odatda, qo'llab-quvvatlanadi.
✅ Paxtakor - Neftchi
Paxtakor futbolchisi ehtiyotkorlik bilan qo'lini orqasiga berkitdi. U qo'lini bundan ortiqroq yashira olmasdi, shu bois o'yinni davom ettirish qarorini qo'llab-quvvatlaymiz. To'g'ri, futbolchi harakat qildi, ammo qo'li bilan emas, balki butun gavdasi bilan to'pga intildi va uzatmani bartaraf etishga harakat qildi. Hakam to'g'ri qaror qabul qildi.
Paxtakor - Neftchi
Paxtakor bosh murabbiyi hakamning qaroridan norozi bo'lgani aniq, ammo uning hakamga nima deganini aniq bilmaymiz. Hakamning bu qaroriga izoh bera olmayman, chunki ma'lumot etarli emas. Murabbiy nima deganini aniqlash kerak.
❌ Paxtakor - Neftchi
Afsuski, kamera faqat bir tomonlama tasvirga olgan, shu bois vaziyatni aniq baholab bo'lmaydi. Agar to'p Paxtakor futbolchisining qo'liga tekkan bo'lsa, gol bekor qilinishi lozim. Ammo takroriy vaziyatda to'p qo'lga tegmagandek ko'rindi. Ehtimol, hakam Paxtakorning golini bekor qilib, xatoga yo'l qo'ygandir.
✅ Bunyodkor - OKMK
Uchrashuv qachon yakunlanishini faqat maydondagi hakam hal qiladi. Unda xavfli hujumni yakuniga etkazishga yo'l qo'yib berish imkoniyati mavjud, ammo bu vaziyatda to'p neytral zonada edi. Bunyodkor hujumida aniq istiqbol kuzatilmayotgandi. Ehtimol, hakam avvalgi hujumning tugashini kutib turgandir.
✅ Olimpik - So'g'diyona
Sariq kartochka ko'rsatilish qarorini qo'llab-quvvatlash mumkin. So'g'diyona futbolchisining o'ylamasdan oyoq tashladi va raqibga qo'pollik ishlatdi. Ammo u butsaning tag qismi bilan harakat qilmadi, balki to'p uchun kurashdi. Ikki kartochka chegarasidagi holat sodir etilgan, biroq hakamning qaroriga qo'shilish mumkin.
Shu tariqa, Superliganing 15-tur doirasidagi o'yinlarida hakamlar beshta xatoga yo'l qo'yishdi. Ulardan uchtasi bellashuv natijasiga ta’sir o'tkazdi: Andijon - Surxon uchrashuvida belgilanmagan penalti, Turon - Nasaf qarama-qarshiligidagi ofsayddan urilgan bahsli gol hamda Turg'unboevning Paxtakor - Neftchi to'qnashuvida urgan goli.



