

✅ "Buxoro" – "Qo'qon-1912"
Burchak zarbasidan so'ng poziciya uchun odatiy kurash kechmoqda. "Qo'qon-1912" himoyachisi ham qo'llaridan foydalandi, so'ngra u o'z tashabbusi bilan yiqildi. "Buxoro" futbolchisini jazolashga asos yo'q, gol qoida buzilmasdan kiritildi.
❓ "Andijon" – "So'g'diyona"
Qanot hakami uchun juda murakkab vaziyat. Vizual jihatdan to'p kiritgan "Andijon" futbolchisi o'ng oyog'i bilan ofsaydga kirib qolgandek ko'rinmoqda. Ammo buni yuz foizlik ishonch bilan tasdiqlay olmaymiz – buning uchun ofsayd chiziqlari kerak.
❓ "Neftchi" – "Mashal"
Bu yerda ham "nozik" vaziyat. "Neftchi"ning gol urgan futbolchisi o'yindan tashqari holatda bo'lgan degan tasavvur uyg'onmoqda. Uning elkasi va oyog'i "Mashal" himoyachisiga qaraganda darvozaga biroz yaqinroq edi. Bu yerda ham ofsayd chiziqlari tortilishi zarur.
✅ "Dinamo" – "Navbahor"
Qulay poziciyada turgan hakamning mutlaqo to'g'ri qarori. Klassik holat: "Dinamo" himoyachisi to'pni tepib yubormoqchi bo'ldi, lekin "Navbahor" hujumchisi undan oldinroq to'pga teginishga ulgurdi va oyog'iga zarba qabul qilib oldi. Bu vaziyatda penalti belgilashdan boshqa qaror bo'lishi mumkin emasdi.
✅ "Dinamo" – "Navbahor"
Bizningcha, hakam o'yinni davom ettirib to'g'ri qildi. Agar "Dinamo" ushbu vaziyatda gol urganida ham hisobga olish kerak edi. To'g'ri, mezbonlar hujumchisi qo'li bilan "Navbahor" himoyachisining orqasiga tegingan. Biroq bu yiqilish uchun etarli emas, shunchaki odatiy kurash sodir bo'lgan. Bunday yakkakurashda "Dinamo" o'yinchisining raqibga qanchalik darajada ta’sir o'tkazganini boshqa kamera rakursi orqali aniqroq baholash mumkin edi. Mavjud rakurslardan ko'rib turganimizdek – o'yin davom ettirilishi lozim.
✅ "Lokomotiv" – "Surxon"
Dastavval hakam "Surxon" futbolchisini chetlatmay, xatoga yo'l qo'ydi. "Lokomotiv" hujumchisi to'pni oldinga tashladi, ikkinchi himoyachi esa uzoqda edi. Bu yaqqol gol urish imkoniyatini yo'qqa chiqarish hisoblanadi. Lekin hakamning baxtiga, uni monitor yoniga chaqirishdi: to'pni qabul qilish vaqtida "Lokomotiv" hujumchisi qo'l bilan o'ynagan ekan. Natijada bosh hakamning yakuniy qarori to'g'ri bo'lib chiqdi – sariq kartochka bekor qilindi (garchi u boshida qizil bo'lishi kerak bo'lsa ham) va qo'l bilan o'ynalganligi sababli jarima zarbasi belgilandi.
Shu tariqa, Superliganing 2026 yilgi mavsumi 1-tur uchrashuvlarida hakamlar qo'pol xatolarga yo'l qo'yishmadi. Biroq kamida ikkita epizod – “Andijon” va “Neftchi”ning gollari bahsli bo'lib chiqdi. Bu vaziyatlarda o'yindan tashqari holat bo'lgan bo'lishi mumkin (ofsayd chiziqlari chizib ko'rilishi kerak).



