"Paxtakor" futbolchilari Chempionlar Ligasi bahslaridan oldin bayonot berishdi

Sherzod Nurmatov
14 sen 2020, 21:11
Bugundan Qatarda Chempionlar Ligasi guruh bosqichi davom ettiriladi.

Jamoamiz uchun muhim musobaqa oldidan "Paxtakor" futbolchilari muhim bayonot berishga qaror qilishdi. Agar "Paxtakor" Chempionlar Ligasida guruh bosqichidan o'ta olmagan taqdirda ushbu musobaqada har o'yin uchun belgilangan barcha mukofot  pullaridan voz kechishadi. Ular bu bayonotning rasman e'lon qilinishini xohlashlarini takidlashdi.

Eslatib o'tamiz, "Al Hilol" – "Paxtakor" uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 23:00 da boshlanadi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Пахтакор" матбуот хизмати