"Paxtakor": Andreev va Sohibov mashg'ulotga qaytdi

Narzulla Saydullayev
4 okt 2017, 12:36
Jarohati tufayli uzoq muddatga safdan chiqqan Stanislav Andreev va Javohir Sohibov tiklanish mashqlarini boshlashdi.

Har ikki futbolchi yakka tartibda shug'ullanishni boshlab yubordi. Andreev terma jamoaning Eronga qarshi o'yinida, Sohibov esa mavsum boshlanishi arafasida "Buxoro" bilan nazorat bellashuvida jiddiy jarohat olgandi. To'liq tiklanib olgach, ular keyingi mavsumdan jamoaga yordam berishlari kutilmoqda.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz