Patris Evra: "Lukaku katta xato qildi"

Mirjalol Normatov
11 apr 2022, 23:35
Sobiq futbolchi Patris Evraning fikriga ko'ra, hujumchi Romelu Lukaku "Inter"dan "Chelsi"ga o'tmasligi kerak edi.

"Hozir tanqid qilayotganlar Romeluning Londonda endi kelgan paytlarini eslamayapti shekilli. U yaxshi o'ynagan va ko'plab gollar urgandi. Keyin u jarohat oldi va "Inter"ni sog'inayotganligini aytdi. Bu esa futbolchining atrofidagi mish-mishlar yomonlashishini olib keldi.

U istalgan narx evaziga "Chelsi"ga qaytishga tayyor turgandi. Biroq u o'zi yuqori darajada mavsumni o'tkazgan "Inter"da qolishi kerak edi. Uning bu qarori juda katta xato bo'lib chiqdi, deb o'ylayman", - dedi sobiq futbolchi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Prime Video