Ozil qishda ispan grandiga o'tishga tayyor, ammo "Real"ga emas

Aslanov Jasurbek
13 dek 2017, 13:01
"Arsenal" yarim himoyachisi Mesut Ozil qishki transfer oynasida "Barselona"ga o'tishga tayyor.

Ma'lumotlarga ko'ra, Kataloniya klubi Germaniya terma jamoasi futbolchisi agentlari bilan bog'landi va "Real" sobiq yarim himoyachisining istagi haqida qiziqdi. Ozil "Barselona"ga o'tish uchun boshqa klublari bilan kelishmayapti.

Ozilning ingliz klubi bilan shartnomasi 2018 yilning yozida yakuniga etadi va yanvar oyidan u boshqa klublar bilan muzokara o'tkazish huquqiga ega bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo