O'zbekistonga qaytish oldidan Nasimov jamoasi bilan yirik mag'lubiyatga uchradi

1 mar 2014, 08:49
Kecha Ozarboyjon ligasida 24-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.
Bokuning "Neftchi" jamoasi o'z maydonida chempionat peshqadami "Qorabog'"ni qabul qildi va yirik 1:4 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Ushbu uchrashuvda Bahodir Nasimov 75 daqiqa harakat qildi. Bu o'yindan so'ng Nasimov O'zbekistonga BAA bilan o'yin uchun yetib keladi.

Eslatib o'tamiz, "Neftchi" ayni vaqtda 39 ochko bilan chempionatda 5-pog'onada bormoqda.

Ozarboyjon premer ligasi musobaqa jadvali

Manba: championat.asia