O'zbekistonda ham xakerlar futbol saytlariga hujum qilishgan (foto)

Aslanov Jasurbek
26 avg 2017, 13:40
Shu haftada Ispaniyaning ikki grandi klubi "Barselona" va "Real"ning "Tvitter"dagi akkauntlari xakerlar tomonidan buzildi va unda turli yolg'on xabarlar e'lon qilindi.

"Barselona"ning akkauntida PSJ yarim himoyachisi Anxel Di Mariya Kataloniya klubiga o'tgani, "Real"nikida esa Lionel Messi "Qirollik klubi" bilan shartnoma tuzgani e'lon qilindi.

Bunday holatlar O'zbekistondagi futbolga oid saytlar bilan ham kuzatilgan. O'zini "Clone-Security" deb tanishtirgan xakerlar guruhi 2013 yilning fevralida "Interfutbol" gazetasining rasmiy saytini buzadi va unda quyidagi xabarni qoldirdi.



Bundan tashqari, ular Qarshining "Nasaf" klubini Mars sayyorasiga uchib ketganini ma'lum qilishgan.



O'zbekiston terma jamoasi Braziliyadagi JCH-2014 yo'lida Janubiy Koreyadan ucharalgan alamli mag'lubiyatdan so'ng, "Clone-Security" O'zbekiston futbol federatsiyasi (the-uff.com), Professional futbol ligasi (pfl.uz) saytlarini buzishga muvaffaq bo'ladi. O'zbekiston terma jamoasi mag'lubiyattdan va Akmal Shorahmedovning avtogolidan g'azablangan xakerlar ushbu saytlarning asosiy sahifasini quyidagi ko'rinishga keltirishadi.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia