Rejaga ko'ra, 5 yanvar kuni terma jamoamiz delegaciyasi BAAga jo'nab ketadi. U yerda bir hafta davomida mashg'ulot o'tkaziladi. Yig'in doirasida 2ta o'rtoqlik uchrashuvi tashkil etish rejalashtirilgan. 11 yanvar kuni esa Ummonga yo'l olinadi.
Shuningdek, Ummonga boradigan tarkibdan "Bunyodkor", "Lokomotiv", "Paxtakor", "Nasaf", "Neftchi" kabi klublarning 1991-1992 yillarda tug'ilgan eng istedodli futbolchilari ham joy olishadi. Kengaytirilgan ro'yxatda 50ga yaqin futbolchi bor. Kelayotgan payshanba kuni ulardan 23 nafari yakuniy ro'yxat uchun tanlab olinadi.
Eslatib o'tamiz, Ummondagi Osiyo chempionatida O'zbekiston yoshlar terma jamoasi "D" guruhida Xitoy (12 yanvar), Iroq (14 yanvar) va Saudiya Arabistoni (16 yanvar) yoshlariga qarshi o'ynaydi.