

Bu o'yinni Shri-Lanka mamlakatida tug'ilgan hakam boshqarib boradigan bo'ldi. Bosh hakam Xettikamkanamge Perera 2004 yildan buyon xalqaro o'yinlarda ishlab kelmoqda. U hozirga qadar O'zbekiston milliy terma jamoasi ishtirokidagi o'yinlarda ishlamagan.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Xitoy o'rtasidagi o'yin 11 oktyabr kuni soat 18:00da boshlanadi.



