O'zbekiston - Ummon uchrashuvlari uchun chiptalar 7-10 ming so'mdan sotiladi

Narzulla Saydullayev
16 may 2014, 10:42
O'zbekiston va Ummon o'rtasidagi 27 va 29 mayga belgilangan o'rtoqlik uchrashuvlarining har ikkisi ham 19:00 da boshlanadi.
Terma jamoalar markazi 27 may kuni Ummon terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkaziladigan Olmaliqdagi stadionni inspeksiya qilib qaytdi. Bu haqda O'FF rasmiy tvitteri xabar berdi.

27 may kuni 10 ming kishiga mo'ljallangan stadionda o'tkaziladigan O'zbekiston - Ummon o'rtoqlik o'yinining chiptalari 7 va 10 ming so'mdan sotiladi.

29 may kuni 19:00da "Jar" stadionida bo'lib o'tadigan O'zbekiston - Ummon o'rtoqlik uchrashuvining chiptalari 7 va 10 ming so'mdan qilib belgilandi.

O'FF matbuot xizmati

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia