O'zbekiston U-23 terma jamoasining uch nafar futbolchisi "Kelajak bunyodkori" medali bilan mukofotlandi

Оқил Абдубарноев
29 iyun 2022, 20:23
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Mard o'g'lon" davlat mukofoti bilan taqdirlash to'g'risida"gi qarori hamda "Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotlash to'g'risida"gi Farmoni e'lon qilindi.

Unga ko'ra, O'zbekiston taraqqiyotiga, uning shon-shuhratini jahon miqyosida yanada yuksaltirishga munosib hissa qo'shayotgan, el-yurtimizga mehri va sadoqati, namunali xulqi va odobi hamda vatanparvarlik fazilatlari bilan tengdoshlariga har tomonlama o'rnak bo'lib kelayotgan quyidagi tashabbuskor va yetakchi yoshlarning bir guruhi "Kelajak bunyodkori" medali bilan mukofotlandi. Ular orasida yaqinda O'zbekiston U-23 terma jamoasi bilan 23 yoshgacha bo'lgan Osiyo kubogi finaligacha yetib borgan futbolchilar ham bor. 

Jumladan, Jasurbek Jaloliddinov, Hojimat Erkinov va Husayn Norchaev ushbu medal bilan taqdirlandi.

Futbolchilarimizni mukofot sohibi bo'lgani bilan tabriklaymiz hamda kelgusi faoliyatida omad va zafarlar tilab qolamiz!

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: president.uz