O'zbekiston U-21 terma jamoasi Xitoydagi xalqaro musobaqada qatnashadi

Narzulla Saydullayev
26 avg 2018, 19:01
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi turli yoshdagi terma jamoalarga bo'lajak musobaqalarga tayyorgarlik ko'rish uchun shart-sharoitlarni yaratib bermoqda.

Jumladan, Sunnatilla Abdurasulov boshchiligidagi O'zbekiston U-21 terma jamoasi 25 avgustdan 31 avgust kuniga qadar “Chig'atoy” sport bazasida tashkil qilinayotgan yig'inda ishtirok etadi. Yig'in davomida U-21 terma jamoasiga nomzod futbolchilar saralab olinadi. Yig'in nihoyasiga etgach terma jamoa a'zolari 1 sentyabr kuni Xitoyga jo'nab ketadi.

Xitoyning Kunmin shahrida futbolchilarimiz Myanma, Tojikiston va Xitoy U-21 terma jamoalari bilan xalqaro musobaqada kuch sinashadi. Ushbu xalqaro musobaqa terma jamoamiz vakillari uchun navbatdagi Osiyo chempionatining saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o'taydi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz