O'zbekiston U-19 terma jamoasi Tailanddagi musobaqani mag'lubiyat bilan boshladi

Mirjalol Normatov
10 okt 2019, 23:00
O'zbekiston U-19 terma jamoasi Tailandga yo'l olgani va u yerda “GSB Bangkok Cup” musobaqasida ishtirok etishi haqida xabar bergan edik.

Mazkur musobaqada, shuningdek, Janubiy Koreya, Tailand va Vetnam yoshlar terma jamoalari g'oliblik uchun bahs olib borishmoqda. Musobaqa 2 ta o'yin kunidan iborat bo'lib, yarim finalda g'olib chiqqan jamoalar chempionlik uchun, yarim finalda mag'lub bo'lganlar esa 3-o'rin uchun o'yinda maydonga tushishadi.

Bugun O'zbekiston U-19 terma jamoamiz Janubiy Koreya U-19 termasi bilan bahs yuritdi va 1:5 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Uchrashuvda vakillarimiz safida Jasur Jaloliddinov raqib darvozasini bir marta ishg'ol etishga muvaffaq bo'ldi. 

10 oktyabr | Yarim final

Janubiy Koreya U19 – O'zbekiston U19 5:1

O'zbekiston U19: Asadullaxon Polvonov, Saidazamat Mirsaidov, Odilbek Abdumajidov, Ibrohimhalil Yuldoshev, Xojimat Erkinov, Ibrohim Ibragimov, Jasurbek Jaloliddinov, Sunnatilloxon Hamidjonov, Ruslan Roziev, Ulug'bek Xoshimov, Diyorbek Rahimqulov.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ufa.uz