O'zbekiston U-17 terma jamoasi qachon taqdirlanishi ma'lum

Nozimov Nig'monxo'ja
20 dek 2023, 08:37
Xabaringiz bor, O'zbekiston U-17 terma jamoasi Indoneziyada bo'lib o'tgan JCHda chorak finalga qadar yetib borgandi.

Biroq ushbu terma jamoamiz a'zolariga hozirga qadar hech qanday mukofot puli berilmaganligi ma'lumotlar tarqalgandi.

Narzulla Saydullaev telegram kanalida yozishichao'smirlarimizni 27 dekabr kuni UFAning navbatdagi hisobot-kongressida taqdirlashar ekan.

Eslatib o'tamiz, Jamoliddin Rahmatullaev shogirdlari kichik mundialda chorak finalga yetib borib, ushbu bosqichda Fransiyaga mag'lub bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif