O'zbekiston U-17 ikkinchi o'rtoqlik o'yinida Argentinaga kichik hisobda yutqazdi

Mirjalol Normatov
10 mar 2023, 19:52
Lotin Amerikasida yig'in olib borayotgan O'zbekiston U-17 termasi argentinalik tengdoshlariga qarshi ikkinchi o'rtoqlik o'yinini o'tkazdi.

Uchrashuvda vakillarimiz mezbonlarga imkoniyatni boy berishdi. Terma jamoamiz kiritgan golga Amirbek Saidov mualliflik qildi. 

Argentina - O'zbekiston 2:1

Ikki kun avval ham tomonlar o'rtoqlik o'yini o'tkazgan va unda mezbonlar 8:0 hisobida g'alabaga erishgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ufa.uz